Tanaga quvvat beruvchi Parkent taomlari
So‘lim tabiat, purviqor tog‘lar bag‘rida joylashgan Parkent tumanida ichki va tashqi turizm yaxshi rivojlanmoqda.
Parkent qishloqlariga keluvchi sayyohlar mahalliy oshpazlarning tanaga quvvat beruvchi, hushxo‘r taomlari bilan siylanadi.
Ayniqsa, Bo‘ston qishlog‘iga kelsangiz, toy go‘shtidan qazi va biya sutidan tayyorlangan qimiz tami og‘zingizda qoladi. Qisqasi, ming marotaba eshitgandan bir marotaba borgan afzal. Batafsil ma’lumotni lavha davomida bilib oling.