“Tamgʻa” usulida bitilgan panjara haqida eshitganmisiz?
Abdulxoliq Gʻijduvoniy maqbarasidagi ushbu qadimiy, temir poʻlatdan yasalgan panjara oʻrta asrlarga oid boʻlgan noyob topilmadir.
Abdulxoliq Gʻijduvoniy maqbarasidagi ushbu qadimiy, temir poʻlatdan yasalgan panjara oʻrta asrlarga oid boʻlgan noyob topilmadir.
Atrofi yogʻoch bilan oʻralgan, toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi panjara 105 dona kichik romblarga boʻlingan holda payvandlash usuli qoʻllanmasdan mukammal darajada mohirlik bilan bir-biriga ulangan.
Romblar bir-biriga tutashgan nuqtalar 8 qirrali yulduz koʻrinishida ishlangan boʻlib, yuza qismida suls xatida “Alloh” va “Muhammad” soʻzlari “tamgʻa” usulida bitilgan. Mazkur panjara hazrat Abduxoliq Gʻijduvoniy hayoti va faoliyati bilan bogʻliq meros hisoblanadi.

