Ta’lim-tarbiya jarayoni umummilliy tus olmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maktab darsliklarini tayyorlashda ishtirok etgan Ishchi guruh a’zolari hamda soha faoliyatini yoritishda faollik ko‘rsatgan bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ta’lim sohasidagi o‘zgarishlarda olimlar, tadqiqotchilar, darslik mualliflari, psixolog va uslubchilar, media tuzilmalarning vakillari ham faol hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.

Tantanali tadbirda mukofotlanganlarga “Xalq ta’limi fidoyisi”, "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishonlari hamda vazirlikning Faxriy yorliqlari topshirildi.


Tadbir davomida vazirlikning bir guruh mas’ul xodimlari O‘zbekiston Milliy gvardiyasi “Ma’naviyat a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi. Mukofotlarni Milliy gavardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov o‘z egalariga topshirdi.
N.Usmonova, O‘zA