Ta’lim sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Koreya Respublikasining U1 universiteti professori janob Shin S’yok Xo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Viloyat rahbari Namanganda oliy ta’lim dargohlari soni va undagi ta’lim sifati tubdan ortgani, xususan, avvalgi uchta davlat oliy ta’lim muassasalaridan tashqari o‘tgan yilda yettita oliygoh ochilgani, ularning to‘rttasi nodavlat sektorda faoliyat yuritayotgani, uchtasi Janubiy Koreya, Rossiya va Qozog‘iston bilan hamkorlikda ochilganini ta’kidladi.
[gallery-10611]
Uchrashuv davomida viloyatda hamkorlar bilan birgalikda yana bir universitet ochish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat hokimi Informatsion texnologiyalar, arxitektura, dizayn, tekstil, mashinasozlik, zargarlik kabi sohalarda mutaxassislar tayyorlash maqsadga muvofiq, ekanligini aytib o‘tdi. O‘z navbatida, koreyalik hamkorlar ta’lim, stomatologiya kabi yo‘nalishlarda ham oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tajriba ega ekanliklarini ma’lum qildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA