Talabalar uchun “Karera kuni”(+video)
Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida 2023-2024 o‘quv yili uchun “Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir institutda “oliy ta’lim – fan – ishlab chiqarish”ning uzviy integratsiyasini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash, institut va ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro innovatsion-korporativ hamkorlikni yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari hamda mulkchilikning turli shakllaridagi 10 dan ortiq kompaniya va firmalarning rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etayotgan ish beruvchi vazirlik, muassasa, tashkilot va korxonalarga bitiruvchi talabalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbirda innovatsion hamkorlik doirasida muammoli mavzular bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, o‘quv-rejalarga amaliyotchi mutaxassislar takliflarini e’tiborga olgan holda o‘zgartirishlar kiritish, talabalarning malakaviy amaliyoti va tajriba oshirishini tizimli ravishda tashkil etish, amaliyotchi mutaxassislarni dars mashg‘ulotlariga jalb qilish hamda bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini korxona va tashkilotlar taklifini hisobga olgan holda tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir davomida tijorat banklari, xalqaro ekspertlar hamda yirik kompaniya vakillari tomonidan master-klasslar o‘tkazildi.
“Karera kuni” tadbirlari institut faoliyatida ham, talabalar hayotida ham alohida ahamiyatga ega.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/qS1M9PPFKM4" title="Talabalar uchun “Karyera kuni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Abror Sodiqov(video)
O‘zA