Talabalar uchun filmlar namoyishi
"O‘zbekkino" Milliy agentligi tashabbusi bilan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun badiiy filmlar namoyishi davom etmoqda.
Samarqand davlat veterinariya instituti, Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida talabalarga “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i", "Tengiz", “Sumbul” hamda “Ma’suma” badiiy filmlari namoyish etildi.
O‘zA