Talabalar bandligini ta’minlash – muhim vazifa
Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yuz berayotgan o‘zgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga ega.
Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida MDH va Yevropaning qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikdagi ta’lim dasturlari asosida o‘qitish qamrovi kengaymoqda.

Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bu kabi islohotlar nafaqat yurtimizda katta ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi, hatto xalqaro maydonda ham mamlakatimiz obro‘-e’tiborini yangi bosqichga olib chiqdi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kengashining navbatdagi yig‘ilishida universitetning xalqaro reytingini oshirish, Davlatimiz rahbarining oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bergan topshirig‘iga muvofiq universitetda talabalar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2021-2022 o‘quv yili qishki semestr yakunlari, universitet Qabul komissiyasining 2021/2022 o‘quv yili bo‘yicha hisoboti ”Scopus” bazasida indeksatsiya qilingan jurnallarda nashr qilingan maqolalar mualliflarini rag‘batlantirish, universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish va boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.

O‘zMU Axborot xizmati,
O‘zA