Taksi haydovchilari ish tashladi
Ispaniya poytaxti Madrid shahri koʻchalarida minglab taksi haydovchilari ish tashladi.
Ispaniya poytaxti Madrid shahri koʻchalarida minglab taksi haydovchilari ish tashladi.
News.day.azning bu haqdagi xabarida aytilishicha, taksi haydovchilari yoʻlovchi tashish qoidalariga qarshi oʻz noroziliklarini bildirishmoqda. Haydovchilar mazkur qonunga oʻzgartirish kiritilishini va sohada islohotlar olib borilishini talab qilishmoqda.
Ayni vaqtda Madridning asosiy yoʻllari namoyishchilar tomonidan toʻsib qoʻyilgan. Huquq-tartibot organlari esa vaziyatni yaxshilashga va yoʻllarni ochishga hamda aksiya ishtirokchilarini tarqatishga urinishmoqda.