Taklif — xalqdan, yechim — deputatdan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari 2020-yil 27-fevraldan 1-martga qadar oʻzlarining saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Muloqotlar davomida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar oʻrganildi. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tavakkal Choriyev Romitan tumanidagi “Qoqishtuvon”, “Qumrabod” va “Poyjoʻy” mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashib, ularning dardiga quloq tutdi.
Eʼtiborli jihati shundaki, deputatlarning bu kabi uchrashuvlari aholi tomonidan turli mazmundagi muammolarni koʻtarish, ularga yechim topish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Masalan, “Qoqishtuvon” MFYda jami 4 ming 770 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 7 yoshgacha boʻlganlar soni 801 nafar, 511 nafari esa bogʻcha yoshidagi bolalardir. Shundan atigi 75 nafar bola hududdagi 3 ta oilaviy maktabgacha taʼlim muassasasida qamrab olingan boʻlib, 436 nafarini maktabgacha taʼlim muassasasiga jalb etish ehtiyoji mavjud.
Uchrashuv davomida fuqarolar hududda maktabgacha taʼlim muassasasi qurish masalasini koʻtardi. Tavakkal Choriyev ushbu muammoni atroflicha oʻrganib, uning yechimini topish uchun barcha imkoniyatini ishga solishga kirishdi.
“Qoqishtuvon” mahalla fuqarolar yigʻinidagi Yangiobod, Xoʻjazafaron qishloqlaridagi muammolar oʻrganilar ekan, bu yerda yashovchi aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish maskanining yoʻqligi turli qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgani oydinlashdi. Boisi, fuqarolar 4 kilometr uzoqlikda joylashgan “Qoqishtuvon” QVPga qatnashga majbur boʻlayotgani aniqlandi.
Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida esa, yuqorida nomi tilga olingan qishloq aholisi uchun tibbiy xizmat koʻrsatish shoxobchasini qurish zarurligi yuzasidan oʻzining fikr va mulohazalarini bildirdi, ushbu masalaga mutasaddilar eʼtiborini qaratib, uni yechish yuzasidan takliflarini aytdi.
– Deputatning biz bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvi barchamizga oʻz muammomizni aytish imkonini berdi, ularni hal etishga umid bagʻishladi, — deydi fuqaro Ilhom Navroʻzov.
4 ming odam yashaydigan “Poyjoʻy” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi ham deputat eʼtiborini oʻz murojaatlariga qaratar ekan, hududda mavjud muammolarni birma-bir sanab oʻtdi. Xususan, Gazli katta yoʻl yoqasida zamonaviy bekat qurish muammosi koʻtarildi.
Deputat bu borada mutasaddi tashkilot vakillariga soʻrov bilan murojaat qilgan holda, yechim topadigan boʻldi.
Shuningdek, mahalla ahlining murojaati bilan mahalla fuqarolar yigʻinida yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan “ota-onalar maktabi” tashkil etiladigan boʻldi.