Taekvondochimiz jahon chempionatida bellashmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
"Zayed Complex" majmuasida o‘tayotgan dunyo birinchiligining bugungi bellashuvlarida yigitlar 45, +65, qizlar esa 47 va 51 kg. vazn toifalarida bahs olib boradi. Quvonarlisi, mazkur vaznlarda O‘zbekiston terma jamoasining quyidagi a’zolari ham medallar uchun kurashadi.

Juftliklar quyidagicha:
Yigitlar
45 kg. vaznda 1/16 final bosqichi: Maksim Kim – Achim Resimo (Filippin)/Markus Lam (Kanada) bahsi g‘olibiga qarshi.
+65 kg. vaznda 1/16 final bosqichi: Dashuk Ratmir – Amin Mohammmedzade (Eron).
Qizlar
47 kg. vaznda 1/32 final bosqichi: Nozima Tangirova – Xor Chloye Spenser (Avstraliya).
51 kg. vaznda 1/32 final bosqichi: Mahbuba Mo‘minova – Riad Taline Velli (Falastin).

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida -37 kg. vazn toifasida Sultonbek Nabiyev tomonidan qo‘lga kiritilgan oltin medal mavjud.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA