Taekvondochilar ham Tokioga yo‘l oldi
Xabaringiz bor, yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan bokschilarimiz mashg‘ulotlarni kunchiqar yurtda davom ettirmoqda.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasining xabar berishicha, bugun taekvondo bo‘yicha 23 kishidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham Yaponiya iqlimiga moslashish maqsadida Tokioga yo‘l oldi.

Joriy yilning 22 iyuligacha davom etadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida terma jamoamiz a’zolari kengaytirilgan tarkibda mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston taekvondochilari tarixda ilk bor 4 nafar sportchi bilan yozgi olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga hozirlik ko‘rmoqda.

T. RO‘ZIEV.