Taekvondo ITF: “Jar Akademiya” sportchilari Malayziyada muvaffaqiyatga erishdi
Malayziyaning Perak shtati Tanyung Rambutan shahrida taekvondo ITF bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda vatanimiz sharafini “Jar Akademiya” jamoasi vakillari munosib himoya qildi.
Malayziya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Indoneziya, Singapur, Vetnam, Shri-Lanka, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Yaponiya, Angliya, Moldova, Efiopiya singari yigirmaga yaqin davlatdan 2000 nafardan ziyod yosh sportchilar qatnashgan turnirda Baxtiyor Isroilov murabbiyligidagi yosh taekvondochilarimiz 7 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Yosh sportchilarimizdan Malika Muhsinova, Shahrizoda Muhsinova, Saidislom Tohirxo‘jayev va Saidrasulxo‘ja Tohirxo‘jayev taekvondo ITFning tul va masoge yo‘nalishidagi musobaqalarda o‘z iqtidorini yuqori darajada namoyish etgani e’tiborli bo‘ldi.
Tailandda vatanimiz sharafini ulug‘lagan yosh sportchilarimiz tantanali kutib olindi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA