Tadbirkorlarning eng yaqin ko‘makchisi
“Ipotekabank” ATIB Farg‘ona viloyati filiali tomonidan joriy yilda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab maqsadida 60 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
“Ipotekabank” ATIB Farg‘ona viloyati filiali tomonidan joriy yilda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab maqsadida 60 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida ro‘y berayotgan yangilanishlar, uning real sektori va barcha tarmoqlarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarda moliya muassasalarining ham salmoqli hissasi bor.
Banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan zamonaviy va sifatli xizmatlar, mijozlar uchun imtiyozli shartlarda ajratilayotgan mablag‘lar joylarda istiqbolli loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirish, pirovardida ming-minglab yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini berayotgani buning tasdig‘idir. “Ipotekabank” ATIB Farg‘ona viloyati filialidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun ajratilgan 48 milliard so‘m mablag‘ ularning moliyaviy qaddini tiklash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga xizmat qildi.

“Har bir oila - tadbirkor” dasturi asosida filial tomonidan aholi tadbirkorligini kreditlash hisobidan xonadonlarga turli xil yunalishlarda aholini tadbirkorlikka bo‘lgan xohish-istaklariga asosan mikrokredit mablag‘i ajratilmoqda. O‘tgan yilda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 241 fuqaroga imtiyozli kreditlar berildi.
Viloyatda mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga 13,3 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Jumladan, Oltiariq tumanidagi “Zulfiya Oltiariq Fayz” fermer xo‘jaligi 4,1 milliard so‘m, “Nozimjon Obod Oltiariq” fermer xo‘jaligi 1 milliard 460 million so‘m, Uchko‘prik tumanidagi “Fayzli Ummon” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2 milliard so‘m kredit mablag‘lari evaziga o‘z biznes loyihasini amalga oshirdi.

“Ipoteka-bank” ATIB ning prinsipidan biri qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Ushbu sohani rivojlantirish maqsadida mahalliy qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish istagi bo‘lgan ishbilarmonlarga 9 milliard so‘mdan ortiq miqdorida kreditlar ajratildi. Jumladan, O‘zbekiston tumanidagi “Yaypan Agro Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati 13 milliard 770 million so‘m, Farg‘ona shahridagi “Gaz buyum servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2 milliard 520 million so‘m, Quva tumanidagi “Perpetual Motion” mas’uliyati cheklangan jamiyati 12 milliard 500 million so‘m nooziq-ovqat (qurilish) mahsulotlari ishlab chiqarish sifatini mustahkamlashga e’tibor qaratmoqda. Bu kabi loyihalarning “Ipotekabank” ATIB tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani sohani izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
–Aholi dasturxoniga arzon va parhez baliq mahsulotlari yetkazib berish ham muhim vazifa sifatida belgilangan, – deydi “Ipotekabank” ATIB Farg‘ona viloyati filiali boshqaruvchisi Sherzodjon Rahimov. – Viloyatda baliqchilikning yangi zamonaviy intensiv usullaridan foydalanish, jumladan, intensiv baliq ko‘llari tashkil etib, suv omborlarida sadok (qafas) usulida baliq yetishtirish kabi ilg‘or jahon tajribasi amaliyoti tatbiq etildi. Ushbu sohani rivojlantirish uchun bankimiz tomonidan o‘tgan yil jami 18,3 milliard so‘m imtiyozli bank kreditlari ajratildi. Tabiatning bu ne’matidan unumli foydalanayotgan tadbirkorlar mazkur moliya muassasasi yordamida baliqchilikni serdaromad tarmoqqa aylantirayotgani ahamiyatlidir.

Yozyovon tumanidagi “Prod Fish Trade” mas’uliyati cheklangan jamiyati ikki yil avval “Ipotekabank” ATIB Farg‘ona viloyati filialidan 4 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘i olib, Markaziy Farg‘ona suv omborining tabiiy havzalarida qafas (sadok) usulida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Chavoqlarni belgilangan ratsion asosida oziqlantirib, o‘tgan yili 120 tonnaga yaqin parhezbop, arzon baliq ovladi. Viloyatda baliq yetishtirishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib, aholining ana shu turdagi mahsulotlarga ehtiyojini to‘laroq qondirishga ko‘maklashishni maqsad qilgan tijorat banki baliqchilik klasterlarini ham moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqda. Oltiariq tumanidagi “Farg‘ona baliq sanoat agrofirmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Dang‘ara tumanidagi “Farg‘ona baliq sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yirik loyihalari bunga yaqqol misoldir. Shu maqsadda “Farg‘ona baliq sanoat agrofirmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 15 milliard 500 million so‘mlik, “Farg‘ona baliq sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 5 milliard 500 million so‘mlik loyihalariga imtiyozli kredit ajratish rejalashtirilgan.
Ayni paytda viloyatda “Ipoteka-bank” ATIBning Farg‘ona va Qo‘qon filiallari, shuningdek 8 ta minibank tarmog‘i va 32 ta jamg‘arma, kommunal va maxsus kassalar tarmog‘i xizmat ko‘rsatmoqda. “Mijoz bank uchun emas – bank mijoz uchun” shiori ostida ish olib borayotgan mazkur filial bugun tadbirkorlarning eng yaqin ko‘makchisiga aylangan.