Svetlana Saidova Osiyo o‘yinlarida uchinchi bo‘ldi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining taekvondo WT bellashuvlarida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Hususan, taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Saidova +67 kilogramm vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, Osiyo o‘yinlarining o‘n uchinchi kuni yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 20 ta oltin, 23 ta kumush va 23 ta bronza — jami 66 ta medal mavjud. Umumjamoa medallar jadvalida mamlakatimiz vakillari to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA