Surxondaryoda sun’iy intellektning harbiy sohadagi imkoniyatlari muhokama qilindi
FOTOREPORTAJ
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligida “Zamonaviy jangovar harakatlarda sun’iy intellektning tutgan o‘rni va roli, muammolari va ularning yechimiga doir taklif hamda tavsiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Janubiy operativ qo‘mondonlik fakulteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Termiz davlat universiteti, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Termiz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari va mutaxassislari ishtirok etdi.
[gallery-30672]
Konferensiyada mamlakatimizda harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, shuningdek, sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalarini harbiy sohaga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalarini jangovar harakatlarda qo‘llash imkoniyatlari, sohadagi dolzarb muammolar va ularning yechimlariga doir ilmiy yondashuvlar hamda amaliy takliflar taqdim etildi.
Tadbir davomida harbiy ta’lim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlash, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA