Suriyadagi vaziyat muhokamada
Suriya Prezidenti Bashar Asad mamlakatga kelgan Sudan yetakchisi Umar al-Bashir bilan uchrashdi.
Suriya Prezidenti Bashar Asad mamlakatga kelgan Sudan yetakchisi Umar al-Bashir bilan uchrashdi. Bu haqda Suriya rahbari matbuot xizmati xabar beradi.
Unda aytilishicha, Asad Sudan Prezidentini Damashq aeroportida kutib olgan. Shundan soʻng davlat rahbarlari ikki davlat munosabatlari, Suriyadagi vaziyat va mintaqaga oid masalalarni muhokama qilgan.
Maʼlumot uchun, oktyabrda Qrim delegatsiyasi Damashqqa rasmiy tashrif bilan borgandi.