Superligada tur yakuniga yetmoqda: peşqadamlar holati
Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 29-tur uçraşuvlari bugun boşlanadi va 29-noyabr kuniga qadar davom etadi.
Jumladan, 27-noyabr kuni «Qöqon-1912» — «Xorazm» va «Buxoro» — «Maşʼal» bahslari bölib ötadi. Mazkur uçraşuvlar mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boşlanadi.
28-noyabr kuni «Neftçi» öz maydonida «Dinamo»ni, «Qizilqum» esa «Paxtakor» öz maydonida qabul qiladi. 29-noyabr kuni esa «Surxon» — «Lokomotiv», «Nasaf» — OKMK, «Andijon» — «Bunyodkor» va «Söğdiyona» — «Navbahor» bahsidan söng tur öz yakuniga yetadi.
Eslatib ötamiz, 28-tur yakunlariga köra «Neftçi» 64 oçko bilan musobaqa jadvalida karvonboşilik qilayotir. «Paxtakor» jamoasi 59 oçko bilan ikkinçi, «Navbahor» esa 58 oçko jamğarib uçinçi örindan joy olgan.
Şuningdek, «Nasaf» 48 oçko bilan törtinçi, «Lokomotiv» 46 oçko bilan beşinçi örinni egallagan. Keyingi poğonalarni OKMK — 45, «Buxoro» — 43, «Qizilqum» — 38, «Dinamo» — 37, «Söğdiyona» — 33 oçko töplab, band etgan. «Surxon» va «Andijon» 32 oçkodan jamğargan. «Bunyodkor» 29, «Xorazm» 27, «Qöqon-1912» 24 oçko bilan keyingi örinlarga taqsimlangan bölsa, «Maşʼal» 5 oçko evaziga jadvalning sönggi poğonasida qolmoqda.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA