Sultanova Nodiraxon Burxonovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Umumiy yer bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Sultanova Nodiraxon Burxonovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Umumiy yer bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 20 may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15-uy, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Bosh binosi, 105-xona.
Tel/faks: (+99899) 776-77-25; (+99866) 239-19-36.
ye-mail: rektor@samdu.uz