Sudlov hay’ati taqdimnomasi ko‘rib chiqildi
Jizzax viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan chiqarilgan taqdimnoma “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Jizzax filiali xodimlari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Joriy yilning 5 mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurash milliy kengashining yig‘ilishida Prezidentimiz sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirishda sudlar tomonidan chiqarilgan taqdimnoma, xususiy ajrimlarning ta’sirchanligini oshirishga alohida to‘xtalgan edi.
Yig‘ilishda sudlar tomonidan yuborilayotgan yozma xat-xabarlarni manzillarga belgilangan muddatlarda yetkazish hamda ularni tegishli fuqarolar olgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar sudlarga belgilangan muddatlarda qaytarilishini ta’minlash samaradorligini oshirish va bu borada zarur chora-tadbirlarni belgilash masalalari haqida gap bordi.
Muhokama yakunida kelgusida taqdimnomada qayd etilgan xato va kamchiliklar yuzasidan shahar, tuman pochta bo‘limlari tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq choralar belgilab olindi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA