STOL TЕNNISI: eng mohirlari saralandi
Jizzax shahridagi 2-akademik litsey sport zalida stol tennisi bo‘yicha 1997-yil va undan keyingi yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahridagi 2-akademik litsey sport zalida stol tennisi bo‘yicha 1997-yil va undan keyingi yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.Respublikaning o‘n ikkita hududi va Toshkent shahar terma jamoalarining jami 150 nafarga yaqin tennischisi shaxsiy, juftlik, aralash juftlik va jamoaviy tizimda sovrinlar uchun bahs olib borishdi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan o‘yinlardan so‘ng g‘oliblar quyidagicha tartibda aniqlandi:
SHAXSIY
Qizlar:
Madina Matkarimova (Xorazm) – 1;
So‘g‘diyona Madaliyeva (Toshkent sh.) – 2;
Irina Potapova (Toshkent sh.) va Malika Aristonova (Toshkent v.) – 3.
O‘smirlar:
Abdulaziz Anorboyev (Andijon) – 1;
Afzal Nosirxo‘jayev (Toshkent sh.) – 2;
Yevgeniy Polegayev (Toshkent sh.) va Diyorbek O‘ktamboyev (Xorazm) – 3.
Aralash juftlik:
Shamsitdinov/To‘xtayeva (Samarqand) – 1;
Jo‘raboyev/Iminova (Andijon) – 2;
Ergashaliyev/Kamolova (Toshkent sh.) va Nurpo‘latov/Azimova (Toshkent sh.) – 3.
JUFTLIK
Qizlar:
Abduxalilova/Omiljonova (Namangan/Andijon) – 1;
Mamarasulova/Baxtiyorova (Farg‘ona) – 2;
G‘iyosova/Bahodirova (Buxoro) –2, Lutfulina/Yunusova (Toshkent sh.) – 3.
O‘smirlar:
G‘aybullayev/Abdurasulov (Buxoro) – 1;
Ma’rufxonov/Sanjarov (Toshkent v./Namangan v.) – 2;
Iskandarov/Sirojiddinov (Samarqand) va Shomuratov/Berdiyev (Xorazm) – 3.
JAMOAVIY
Qizlar:
Xorazm – 1;
Toshkent sh. – 2;
Jizzax va Samarkand – 3.
O‘smirlar:
Andijon – 1;
Xorazm – 2;
Jizzax va Toshkent shahri – 3.
Oybek Yunusov