Stokgolmda diplomatik vakolatxonamiz ochiladi
Yaqin orada Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi yana bir davlat – Shvetsiyada Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonasi oʻz faoliyatini boshlaydi.
Yaqin orada Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi yana bir davlat – Shvetsiyada Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonasi oʻz faoliyatini boshlaydi.
Shu kunlarda mamlakatimiz Adliya vazirligida koʻrib chiqilayotgan ayni masala, taxminlarga koʻra, may oyida yakuniy qaror chiqarish uchun Davlatimiz rahbariga kiritilishi kutilyapti.
Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi masʼul vakilining Beniklyuks mamlakatlaridagi vatandoshlarimiz bilan suhbati davomida maʼlum qilindi.
Taʼkidlash joiz, mazkur masala Respublika hukumati tomonidan 2019-yilda koʻtarilgan va hozirgacha ochiq qolib kelayotgan edi.
Maʼlum boʻlishicha, Stokgolmda ochiladigan diplomatik vakolatxonamiz Oʻzbekistonning umuman barcha Skandinaviya davlatlaridagi manfaatlarini himoya qiladi.