Sportsevar yoshlar maskani
Nukus olimpiya zaxiralari kolleji va uning qoshidagi maktab-internatda 600 ga yaqin o‘quvchi sportning futbol, boks, basketbol, voleybol, yunon-rum kurashi, dzyudo, tennis, badiiy gimnastika kabi 19 turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Nukus olimpiya zaxiralari kolleji va uning qoshidagi maktab-internatda 600 ga yaqin o‘quvchi sportning futbol, boks, basketbol, voleybol, yunon-rum kurashi, dzyudo, tennis, badiiy gimnastika kabi 19 turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.Zamonaviy sharoitlar yaratilgan ta’lim maskanida futbol stadioni, yopiq suzish havzasi, tennis korti va 3 ta sport zali mavjud. Kollej yoshlari mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olib kelmoqda. O‘tgan o‘quv yilida ular 18 oltin, 33 kumush va 54 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Joriy yilda esa kollejning basketbolchi qizlari Navoiy viloyatida o‘tgan O‘zbekiston kubogida hamda Namangan viloyatida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘ldi.