Sportchilarimiz – g‘olib
Kuvaytda davom etayotgan o‘q otish bo‘yicha Gran-pri turnirida o‘zbekistonlik ikki nafar sportchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kuvaytda davom etayotgan o‘q otish bo‘yicha Gran-pri turnirida o‘zbekistonlik ikki nafar sportchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Turnirda mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi Vadim Skorovarov 10 metr masofada pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha 619,6 ochko jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Yana bir hamyurtimiz Margarita Orlova ham shu masofada pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi o‘rinni egalladi.