Sport gimnastikachilarimiz Qohirada
Bugun Misr poytaxtida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichi start oldi.
Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz gimnastikachilari ham ishtirok etmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, jahon kubogining navbatdagi bosqichida sport gimnastikasining tirik afsonasi Oksana Chusovitina bilan birgalikda Ominaxon Halilova, Dildora Aripova, Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Habibullo Ergashev va O‘tkirbek Jo‘rayev o‘z yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlar uchun kurashga kirishadi.
Misrda o‘tadigan bahslarda o‘zbekistonlik yosh mutaxassislar Stella Koshechkina va Otabek Masharipov bahslarni hakam sifatida boshqarib boradi.
Qohirada kechadigan jahon kubogi bosqichi musobaqalari 20 martga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA