Sport faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik shodiyonalari munosabati bilan sport sohasini rivojlantirish, yurtimizda olimpiya va paralimpiya harakatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelgan bir guruh faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi.
Sportimiz fidoyilarining uzoq yillik mehnatlari e’tirof etilib, bugungi g‘alabalarimiz zamirida ularning ulkan hissasi borligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat sport tashkilotlari faxriylari kengashi tomonidan sport faxriylariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, mahoratli sportchilarni tayyorlash, mahalla va guzarlarda sog‘lom turmush tarzini keng yoyish yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun faxriylarga minnatdorchilik bildirildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA