SpaceX “Starlink” yo‘ldoshining navbatdagi guruhini uchirdi
“Falcon-9” raketa tashuvchisi 60 ta “Starlink” internet-yo‘ldosh bilan samoga uchib ketdi. “SpaceX” kompaniyasi voqeani to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilib bordi.
“Falcon-9” raketasi samoga Kanaveral (Florida shtati) kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 22.59 da start olgan.
Bundan avvalgi 60 ta “Starlink” yo‘ldoshi 4 fevralda uchirilgan edi.
“Starlink” – kelajak avlod yo‘ldosh tarmog‘i bo‘lib, sayyoramiz aholisi uchun keng polosali internetga ulanish imkonini beradi. Mazkur loyihani hayotga joriy qilish 2018 yil fevral oyida boshlangan. Loyihadan ko‘zlangan maqsad sayyoramizning istalgan nuqtasida tezkor internet ta’minotiga erishishdan iborat. Tarmoq yaratishning birinchi bosqichida jami 12 mingta yo‘ldosh uchirish rejalashtirilgan.