So‘z zargarining yangi nashr etilgan kitoblari taqdimoti
Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, o‘zbek tarjimashunoslik ilmining asoschisi G‘aybulloh as - Salomning "Tanlangan asarlar", "Tarjima san’ati" maqolalar to‘plamining 7 - kitobi hamda "G‘aybulloh as - Salom zamondoshlari xotirasida" to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov, "Jahon adabiyoti" jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, ijodkorning qizi Nazira as - Salom va boshqalar ustoz ona tilimizga, adabiyotga sadoqat bilan xizmat qilgan ijodkor bo‘lganini ta’kidladi.
G‘aybulla as - Salom – mohir tarjimon, so‘z zargari, mehribon ustoz sifatida odamlar mehrini qozongan inson edilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning rahbarligida 50 dan ziyod nomzodlik, 20 ga yaqin doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Shogirdlari uning uchun farzandlaridek aziz va qadrdon edi.
[gallery-13676]
Tadbirda ustoz ijodkorning insoniy fazilatlari, yangi nashr etilgan kitoblar xususida batafsil so‘z yuritildi.
N. Usmonova,
O. Pardayev (suratlar), O‘zA