Soxta trenerlar faoliyatiga chek qo‘yiladi (+video)
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda hamma ishda eng oson yo‘llarni o‘rgatuvchi «maslahatgo‘ylar» ko‘payib bormoqda. «Tez boyib ketishni xohlaysizmi», oson pul topish yo‘llarini o‘rgataman», «muvaffaqiyatli biznes sirlari», «sayohatga oson ochiling» kabi chaqiriqlar bilan turli vebinar va seminar-treninglar o‘tayotgan shaxslarning chiqishlariga har kuni duch kelamiz. Achinarlisi, bunday soxta trener va lektorlar maxsus bilim va tajribaga ega ekanligiga ham shubha bor.
Endilikda bu kabi faoliyat qonunchilik bilan tartibga solinib, javobgarlik belgilanmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ayni masalaga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi. Xo‘sh, unda qanday masalalar ko‘zda tutilmoqda?
Qonun loyihasi haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmahamatova batafsil ma’lumot berdi. Deputatning ta’kidlashicha, soxta ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish borasidagi tartibsizliklarga o‘z vaqtida barham berish lozim. Bunday soxta trenerlar oson boyib ketish, oson pul topish, baxtli hayotga va tezda muvaffaqiyatga erishishni va’da qilib, tinglovchilar ongini manipulyatsiya qilishmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6KA8weIWhdk" title="Soxta trenerlar faoliyatiga chek qoʻyiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Qonun loyihasi bilan ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik holatlari uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Muhtarama Komilova, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA