Somalida muxolifat prezidentni tan olishdan bosh tortdi
Somalidagi muxolifat partiyalari ittifoqi prezidentning vakolat muddati bugun tugaganidan xabardor. Shu bois prezidentga millatni boshqarish uchun qonunchilar, oppozitsiya rahbarlari va fuqarolik jamiyati milliy kengashini tuzishni taklif qildi.
Somalida xavfsizlik bo‘yicha tahlilchi mamlakatda sodir etilayotgan hujumlar sabab aholini ehtiyotkorlikka chaqirdi. Ma’lum bo‘lishicha, hokimiyat rahbarlari va siyosatchilar o‘rtasidagi nizolar al-Qoida bilan bog‘liq al-Shabob qo‘zg‘oloniga turtki bo‘lgan.
Muxolifatchilar prezident Muhammad Abdullahi Muhammadning muddatini uzaytirishga qaratilgan har qanday urinishni rad etishini ma’lum qildi.
"Biz ham vaqtni cho‘zish, zo‘ravonlik va saylovni kechiktirishga qarshimiz", deyiladi alyans bayonotida.
Somali 1991 yil fuqarolar urushi boshlangandan beri birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlarni o‘tkazishni rejalashtirayotgan edi. Ammo tayyorgarlikdagi kechikishlar va al-Shabobning hujumlari Somalini yana bir bor bilvosita ovoz berishga majbur qildi.
Shuningdek, qonun chiqaruvchilar tomonidan dushanba kuni prezident saylanishi kerak edi. Ammo muxolifat prezident Muhammadni mintaqaviy va milliy saylov kengashlarini o‘z ittifoqchilari bilan to‘ldirishda ayblaganidan keyin qonunchilarning shaxsi noma’lum bo‘lib qoldi.
Mamlakatdagi federal shtatlardan ikkitasi – Puntlend va Jubbaland rahbarlari bundan buyon prezident Muhammadni tan olmasliklarini ta’kidladi.
Kecha tunda poytaxt Mogadishoda aholi prezidentning vakolat muddati tugaganini katta xursandchilik bilan nishonladi. Bu esa 12 nafar politsiyachining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Behro‘z Xudoyberdiyev