Soliq toʻlovchilar uchun seminar
Qashqadaryo viloyatida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyati targʻibotiga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyatida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyati targʻibotiga qaratilgan seminar tashkil etildi.
TadbirdaOʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev soliq qonunchiligidagi yangiliklar, oʻzgartirishlar haqida yigʻilganlarga batafsil maʼlumot berdi.


Maʼlumki, 2019-yilning 30-dekabrida “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilindi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 71 ta bob, 480 ta moddadan iborat boʻlib, soliq qonunchiligida qator yangiliklar joriy etilmoqda. Xususan, soliq turlari 13 tadan 9 taga qisqartirildi. Shuningdek, qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarib berish tizimi tubdan oʻzgartirildi. Seminarda bular haqida batafsil maʼlumot berib oʻtildi.
– Soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida ado etgan soliq toʻlovchilarga 2020-yilning 1-iyulidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hosil boʻlgan ortiqcha summani, yaʼni “manfiy” qoldiq summasini toʻliqligicha qaytarish tartibi joriy etilmoqda, - deydi Koson tumanidagi “Alba david” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Nargiza Suyunova. - Biz bu qulayliklardan mamnunmiz.


Seminar davomida jismoniy shaxslarni soliqqa tortish borasidagi yangiliklar haqida ham maʼlumotlar berib oʻtildi. Aytish joizki, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi haqida toʻlov xabarnomasini soliq toʻlovchilarga yetkazish muddati 1-mart etib belgilandi. Hisoblangan soliqlarni jismoniy shaxslar teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktyabrga qadar toʻlashlari joriy etildi.
Tadbir davomida shuningdek, soliq toʻlovchilarning bir guruhiga esdalik sovgʻalari topshirildi.

