Soliq inspeksiyasi yangi binoda ish boshladi
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani soliq inspeksiyasi binosi bir yil ichida “Renessans proyekt” MCHJ tomonidan zamonaviy ko‘rinishda qurib bitkazildi.
Binoning tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, soliq idoralari xodimlarini ushbu quvonchli kun bilan tabrikladi.


Jami 5,1 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurib foydalanishga topshirilgan binoda soliq to‘lovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularga soliq inspeksiyasining 30 nafar malakali xodimlari xizmat ko‘rsatadi.


– So‘nggi yillarda soliq idoralari tadbirkorga ko‘makchi tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning maslahatchisi sifatida faoliyatida yordam berib kelmoqda, – deydi Ko‘kdala tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Faxriddin Muhammadiyev. – Yangi binoda soliqchilarning samarali ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA.