Soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Termizda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Akmal Valiyev viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

Tayinlovga qadar 2024-yildan Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri