“Sohibqiron kubogi”da Abdumalik g‘olib bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Joriy yilning 29 mayidan 4 iyunigacha poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida sovrin jamg‘armasi 20 ming AQSH dollari bo‘lgan “Sohibqiron kubogi” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
13 davlatdan tashrif buyurgan 200 nafardan oshiq shaxmatchi “A” (reyting ko‘rsatgichi 1800 va undan yuqori) va “B” (1799 va undan past) guruhlariga bo‘lingan holda dona surdi.
[gallery-17704]
O‘tkazilgan 9 ta turdan so‘ng, “A” guruhida hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov 7,5 ochko jamg‘argan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va 4 000 AQSH dollariga ega bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni ukrainalik ikki shaxmatchi Aleksandr Moiseyenko (3 000 $) va Vitaliy Bernadskiy (2 000 $) egalladi,
“B” guruhida 7,5 ochko jamg‘ara olgan hamyurtimiz Lazizbek Shavkatov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. 2-o‘rin Ziyodulla Sayfullayevga, 3-o‘rin esa Alisher Umurzoqov (O‘zbekiston)ga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan medal, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA