Soha fidoyilari sharaflandi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi “Rudizar” tantanalar majmuida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirali Hamroyev tibbiyotimiz fidoyilari, soha xodimlari - barcha shifokor va hamshiralarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
[gallery-14536]
Tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash sohasi fidoyilaridan bir guruhiga mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Taniqli san’atkor va yosh iste’dodlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA fotomuxbiri