Sobiq jahon chempioni Toshkentga kelmoqda
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Konstantin Szyu Toshkentga keladi. Bu haqda “Olamsport.com” sayti ma’lum qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, rossiyalik bokschi ertaga, 9 sentyabr kuni yurtimizga yetib keladi. Shu kuni poytaxtimizdagi “Medion sport” majmuasida bokschi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA