“Soʻz chamani” ruknidagi kitoblar taqdimoti oʻtkazildi
Bu goʻzal va benazir guldasta, “Soʻz chamani” rukni ostida sop etilganida ham katta hikmat bor.
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni
Adiblar xiyobonida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Soʻz chamani” rukni ostida chop etilgan oʻzbek mumtoz adabiyoti durdonalari – “Lutfiy”, “Shayxzoda Atoyi”, “Alisher Navoiy”, “Fuzuliy”, “Mashrab”, “Maxtumquli” asarlari taqdimoti oʻtkazildi.
Yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunoslar, yosh ijodkorlar va Abdulla Qodiriy ijod maktabi oʻquvchilari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda adabiyotga boʻlgan eʼtibor kuchayib borayotgani, kitobxon uchun yangi chop etilgan kitoblar zarur adabiyot ekanligi eʼtirof etildi.
– Yangi kitoblar mumtoz poetikamizni xalqqa yaqinlashtirishda yaxshigina omil boʻlibdi, – deydi filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov. – “Soʻz chamani” loyihasi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan “Ijod” jamoat fondi homiyligida “Akademnashr”da chop etilmoqda. Ayni kunlarda ushbu risolalarning dastlabki yigirmatasi nashrdan chiqdi. Yangi nashrlarga kiritilgan gʻazallar turkiy va forsiyda yozilgan eng sara va latif asarlardir. Bu goʻzal va benazir guldasta, “Soʻz chamani” rukni ostida sop etilganida ham katta hikmat bor.
Kitoblarni taniqli shoir, tarjimon Mirzo Kenjabek nashrga tayyorlagan. Zamonaviy va ixcham koʻrishdagi kitoblar 4000 nusxada nashrdan chiqdi. Taqdimot soʻngida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga kitoblar taqdim etildi. Ijod maktabi oʻquvchilari ishtirokida mushoira uyushtirildi.