Sirdaryoliklar qahramonlari bilan faxrlanadi
Sirdaryo viloyatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining uch nafari umrguzaronlik qilmoqda.
Bugun e’tibor va e’zozda, o‘tgan yillarning taxir zahmatlarini hikoya qilayapti.
Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi Ivan Shvedenko 1943 yil 17 yoshida urushga ketgan. U 1-Belorus frontining 5-zarbdor armiyasi piyodalar vzvodi pulemyotchisi bo‘lib xizmat qilgan.
Ivan Shvedenko 1953 yildan boshlab «O‘zbekgidrogeologiya» tashkilotida 70 yoshigacha mehnat qildi. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida o‘nlab mineral quduqlarni aniqlash ekspeditsiyasida qatnashgan.

U turmush o‘rtog‘i, marhum Yevdokiya Dmitrevna bilan birgalikda bir o‘g‘il, bir qiz farzandni tarbiyalab, kamolga yetkazdi. bugungi kunda 4 nevara, 1 chevaraning suyukli bobosidir.
Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev hamda viloyat faollari faxriylar xonadonida bo‘lib, uni bayram bilan qutladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Bir martalik 15 000 000 so‘m pul mukofoti, «Mustaqillik monumenti» statuetkasi, sovg‘alar topshirildi.

Otaxon dorilomon kunlarga shukrona aytib, duo qildi. Yoshlarimiz tinch va farovon hayotni qadrlamog‘i kerakligini ta’kidladi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.
Sh.Suyarov, F.Toshmatov(surat), O‘zA