Sirdaryolik yosh kitobxon “Spark” bilan taqdirlandi
Toshkent shahrida "Yosh kitobxon" tanlovining 15-19 yosh toifasi doirasida mamlakat bosqichi o‘tkazildi. Respublikamizning 14 ta hududidan jam bo‘lgan ishtrokchilar beshta shart bo‘yicha bahslashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sirdaryo viloyati vakili, Guliston davlat universiteti talabasi Yorqinjon Hayitboyev 366,1 ball to‘plab faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi. Ikkinchi o‘rinni Andijon viloyati vakili Dilnavoz Ne’matullayeva egalladi.

U 362 ball to‘plab 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan Samarqand viloyati vakili Marjona Tursunmurotova 286,9 ball to‘plab 30 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga diplom, tanlov statuetkalari tantanali ravishda topshirildi. Tanlovda faol ishtrok etgan ishtirokilarga ham 10 million so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA