Sirdaryoda ijodkorlar sharaflandi
Guliston shahrida “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladigan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni uyushqoqlik bilan yuqori saviyada o‘tkazishga jiddiy e’tibor qaratilganligi, tanlovni yakunlash jarayonida Nizom talablariga to‘liq rioya etilganligi, tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari, adolat mezonlariga qat’iy amal qilingan holda baholaganligi ta’kidlandi.
Bu yilgi tanlovga viloyat ijod ahli beshta yo‘nalish bo‘yicha 415 ta ijodiy ishi bilan ishtirok etgan. Barcha nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilarning ijodiy ishlari xolis baholandi.


Tanlov natijalariga ko‘ra, “Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari” nominatsiyasi bo‘yicha "Yangi Sirdaryo" gazetasi bo‘lim boshlig‘i Bahrom Boymurodov 1-o‘rin, "Novaya Sыrdarya" gazetasi bo‘limi xodimi To‘lqin Axmadaliyev 2-o‘rin, "Yangi Sirdaryo" gazetasi muxbiri Xurshida Nishonova 3-o‘rin, “Teleradio ijodkorlarining materiallari” yo‘nalishida viloyat teleradiokompaniyasi muharriri Muqaddas Hakimova 1-o‘rin, radio muharrirlari Sohiba O‘ralova 2-o‘rin va Malika Isayeva 3-o‘rin, “Internet jurnalistikasi” yo‘nalishida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari G‘ulom Primov 1-o‘rin, Sanitariya epidimialogiya qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi matbuot kotibi Sarvinoz O‘ralova 2-o‘rin, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Xurshida Yusupjonova 3-o‘rin, “Jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik mavzudagi kitoblari uchun” yo‘nalishi bo‘yicha "Universitet ovozi" gazetasi bosh muharriri Munavvar Pardayev va "Ishonch" gazetasining Sirdaryo viloyati muxbiri Bahor Xolbekovalar 1-o‘rin, faxriy jurnalist Abdurazzoq Burliyev 3-o‘rin, “Tasviriy san’at, foto asarlar va dizayn ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha dizayner Ulbo‘sin Ataboyeva 1-o‘rin, Guliston shahridagi 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabining tasviriy san’at bo‘limi o‘qituvchisi Tursunmurod Musurmonov 2-o‘rin, "Yangi Sirdaryo" "Novaya Sыrdarya" gazetalari dizayneri Yelena Kulshina 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

G‘oliblarga Sirdaryo viloyati hokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Sh.Suyarov, O‘zA