Sirdaryoda bir kunda 9 nafar bemor tuzaldi, ammo...
Bugun, joriy yilning 19-iyul kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan Sirdaryoning turli hududlaridan 8 nafar,...
Bugun, joriy yilning 19-iyul kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan Sirdaryoning turli hududlaridan 8 nafar, qoʻshni Tojikiston Respublikasidan 1 nafar bemor koronavirus dardidan sogʻayib, oʻz uylariga kuzatib qoʻyildi.
Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining taʼkidlashicha, darddan forigʻ boʻlganlarning eng yoshi Guliston tumanidan 1 yoshga ham toʻlmagan goʻdak boʻlsa, eng yoshi kattasi Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi 88 yoshli onaxon ekan.
Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotlarga qaraganda, shu kunga qadar Sirdaryo viloyatida qayd etilgan bemorlar soni 323 nafarni tashkil etib, ulardan 187 nafari sogʻayib uyiga kuzatilgan boʻlsa, 1 nafar bemor vafot etgan.
Bugunning oʻzida Sirdaryoda jami 9 nafar bemor sogʻaydi, ammo, shu kunning oʻzida viloyatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar soni 75 nafarni tashkil etdi.