Sirdaryoda aholi muammolari manzilli hal etilmoqda
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan vazirlik va idoralar, viloyat hamda tuman sektor rahbarlaridan tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan Sardoba tumanida aholi muammolarini o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha sektorlar kesimida “mahallabay” ishlar olib bormoqda. Aniqlangan bir qator muammo va kamchiliklar qisqa muddatda o‘z yechimini topdi. Xususan:
– 12, 8 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlandi.

– 5 689 dona gaz ballon (114 tonna) almashtirildi, 30 ta gaz taqsimlash punkti va 3 057 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

– 4 ta transformator, 72 ta temir-beton ustunlar o‘rnatilib 1,8 kilometr elektr tarmog‘i tortildi.
– Navro‘z, Birlashgan, Paxtakor va Fayzliobod mahallalarida 5 kilometr optik tolali aloqa tarmog‘i ta’mirlandi.
– Ehtiyojmand oilalarga qo‘shimcha 35 tonna ko‘mir tarqatildi.

– 1 963 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Turli ko‘rinishdagi kasalliklar aniqlangan 48 nafar fuqaro shifoxonalarga yotqizildi, 4 nafarida respublikadan jalb etilgan mutaxassislar tomonidan yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, 15 nafariga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma berildi. ambulator davolanish tavsiya etilgan 94 nafar ehtiyojmand fuqaro bepul dori-darmon bilan ta’minlandi.

– 15 ta mahallada stritbol, 9 ta mahallada stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etilib, unda 704 nafar yosh qamrab olindi.

– 5-umumta’lim maktabiga 370 million so‘mlik kompyuter jihozlari va sensorli monitor vaucheri topshirildi. Shuningdek, 10 ta maktabga 2,5 million so‘mlik badiiy adabiyotlar to‘plami, sport maktabiga 57 million so‘mlik 129 dona sport anjomlari yetkazib berildi.

– 76 nafar ishsiz fuqaroning 8 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 12 nafari kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi, 23 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi va 33 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi.

– 127 nafar fuqaroga 2,9 milliard so‘mlik imtiyozli krediti ajratildi. Shundan 315 million so‘mini 41 nafar talabaga berilgan ta’lim krediti tashkil etadi.
– “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 13 nafar talaba yoshning 34 million so‘m shartnoma pullari to‘lab berildi.

– “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 28 nafar xotin-qizlarga 5 yillik ijara shartnomasi asosida ijtimoiy uy-joylar ajratildi.
– Navro‘z va Quyitosh mahallalarida yashovchi 3 nafar xotin-qizga 5,7 million so‘mlik uy-joy ijara pullari to‘lab berildi. Shuningdek, tumandagi yana bir qator muammolarni bartaraf etishga qaratilgan manzilli dastur belgilab olindi.
Ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Sh.Suyarov, Sh. Ortiqboyev (suratlar), O‘zA.