Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga Oqoltin tumanida tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan 30 nafar xotin-qizga bayram tuhfasi sifatida sertifikatlar topshirildi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi, savdo sanoat palatasi viloyat bosh boshqarmasi hamda aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” Oqoltin tumani filiali hamkorligida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan o‘quv kursini tamomlagan 30 nafar oqoltinlik ayollarga imtiyozli kredit olish imkonini beruvchi sertifikatlar bayram sovg‘asi sifatida taqdim etildi.

**************
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘igshlab, Shirin shaharidagi 2-sonli umumta’lim maktabida “Ota-onam va men” shiori ostida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 8 nafar ota-ona o‘z farzandlari bilan 3 ta shart – she’rxonlik, badiiy sahna ko‘rinishi, bayram taomi va turli vitaminbop salatlar tayyorlash bo‘yicha 2 guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdi.
Ustoz faxriylar, mahalla faollari va hoji onalardan tashkil topgan hakamlar hay’ati tanlov jarayonlarini adolatli va halol ravishda baholab bordilar.
G‘olib va sovrindorlar tuman xalq ta’limi bo‘limining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

**********
80 yoshdan oshgan, ya’ni 1000 oyni ko‘rgan onaxonlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Xovos tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari “Shuxrat” medaoi sohibasi X.Berdiyarova boshchiligida uylariga bayram sovg‘alari olib borib berildi.
– Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek tumanimizda ham hech bir ayol e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q, – deydi X.Berdiyarova. – Mehnat qaoliyati davridagi ko‘rsatgan fidoiyligi, ona Vatanimizga yurtparvar farzandlarni tarbiyalab kamolga yetkazgan 80 yoshdan oshgan 130 nafar xovoslik onaxonlarga bayram sovg‘alari ulashdik.
Onaxonlar sovg‘alarni qabul qilar ekan, ko‘zlarida sevinch yoshlari bilan yurtimiz tinchligi, xalqimizga farovonlik, Prezidentimizga omonlik tiladilar.

*********
“Sardoba” suv ombori toshqinidan talofat ko‘rgan Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlaridagi ishsiz va band bo‘lmagan xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning fevral oyida Sirdaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshlchiligida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “Hunarmandlar markazi”da atlas-adras, kashtachilik va gilam to‘qish yo‘nalishlarida hunar o‘rganish uchun qisqa muddatli kurslarga yuborilgani haqida xabar bergan edik.
29 nafar ishsiz xotin-qizlar Marg‘ilonda tashkil etilgan qisqa kurslarda vodiylik tajribali soha ustalaridan hunarmandchilikning sir-asrorlarini qunt bilan o‘rganib, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayprami arafasida o‘qishni muvofiqiyatli yakunlab o‘z oilalari bag‘riga olib kelindi.
Endi ular o‘rgangan hunarlari bilan o‘z mahallarida mehnat faoliyatini amalga oshiradi.
***********
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Sayxunobod tuman bo‘limi 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuniga ajoyib bayram sovg‘asi taqdim etdi.
Joriy yilning 7 mart kuni bir guruh tumandagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan, psixologik ko‘makka muhtoj xotin-qizlar ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrining tarixiy va diqqatga sazavvor joylariga sayohatga olib borib kelindi. Ushbu sayohat ularning hayotga motivatsiya berganligi shubhasiz.
**********
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni oldidan Sirdaryo viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hamda xalq ta’limi boshqarmalari hamkorligida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Qizlar sammiti” bo‘lib o‘tdi.
Undga 100 nafar o‘quvchi qizlar ishtirok etib, sammitni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar, o‘z joniga qasd qilish va erta tug‘ruqlarni oldini olish, hayotda o‘z o‘rnilariga ega bo‘lish, g‘oya va loyihalarini maktabga, hayotga tatbiq etishdan iboratdir.
Sammit 5 ta yo‘nalishda bo‘lib, innovatsion loyihalar, tadbirkorlik va iqtisod, san’at va madaniyat, media va jurnalistika, munozara yo‘nalishlarida qiziqishlari asosida mahorat mashg‘ulotlari malakali mutaxassislar tomonidan o‘tkazildi.
**********
Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “ Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash hamda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan shu tizmda mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.
Bojxonachi ayollar sportning shashka, arg‘imchoqda sakrash, kuchli kompleks mashqlar va darts bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Musobaqaning barcha ishtirokchilariga boshqarmaning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
QAYUMOV, A. TOSHMATOV, F. (surat), O‘zA.