Sinxron suzish: O‘zbekiston kubogi Toshkent jamoasiga nasib etdi
“Olimpiya shaharchasi”dagi suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan majmuada sinxron suzish bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqalarida 218 nafar sportchi turli yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.
Ikki kunlik murosasiz bahslarda sinxron suzish ustalari yakkalik, juftlik va guruh bahslarida o‘z iqtidorini namoyish etdi.

Yakkalik yo‘nalishdagi bahslarda toshkentlik yigit-qizlar jamoasi 2.850 ochko jamg‘argan holda 30 tadan ziyod oltin medalni qo‘lga kiritib, mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin 1.390 ochko jamg‘argan Samarqand viloyati vakillariga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka 1.070 ochko jamg‘argan Buxoro viloyati jamoasi yakun yasadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA