Sindorov va Gukesh o‘rtasidagi jahon chempionligi bahsining mukofot jamg‘armasi ma’lum
Shaxmat bo‘yicha Jahon toji uchun bo‘lib o‘tadigan Gukesh Dommaradju va Javohir Sindorov o‘rtasidagi qarama-qarshilikning mukofot puli hajmi ma’lum qilindi.
Amaldagi jahon chempioni hamda Da’vogarlar turniri g‘olibi o‘rtasidagi uchrashuv uchun jami 2,5 million AQSH dollari ajratilgan.
Bahs davomida har bir muvaffaqiyat alohida rag‘batlantiriladi — shaxmatchilar qo‘lga kiritilgan har bir g‘alaba uchun 200 ming dollardan oladi. Umumiy jamg‘armaning qolgan qismi esa yakuniy natijaga qarab taqsimlanadi.
Agar klassik partiyalar yakunida hisob 7,5:6,5 yoki 8:6 ko‘rinishida qayd etilsa, chempionlikni qo‘lga kiritgan shaxmatchi 1,3 million dollar, ikkinchi o‘rin sohibi esa 1,2 million dollar bilan taqdirlanadi.
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport