Sifati kafolatlanmagan dorilar ushlab qolindi
Xorijda ishlab chiqarilgan ushbu dorilarning umumiy qiymati 194 million 400 soʻmlik, deya baholanmoqda.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir chogʻida qoʻshni respublikadan mamlakatimizga olib kirilgan dorilar ushlab qolindi.
Gap shundaki, fuqaro T.N. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina Marhamat tumanidagi chegara hududida harakatlanayotgan vaqtida toʻxtatilib tekshirilganda mashina yukxonasida fuqaro E.B.ga tegishli, qoʻshni davlatdan noqonuniy olib kirilgan 1440 quti “Dyufaston 10 mg” dori borligi aniqlangan.
Xorijda ishlab chiqarilgan ushbu dorilarning umumiy qiymati 194 million 400 soʻmlik, deya baholanmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.