Sietlda Özbekiston va AQŞ örtasida sunʼiy intellekt sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Sietl şahrida Özbekiston va AQŞ örtasida sunʼiy intellekt hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga bağişlangan xalqaro forum bölib ötdi. Unda ikki mamlakatning texnologik kompaniyalari, yetakçi universitetlari, investitsiya taşkilotlari va davlat idoralari vakillari iştirok etdi.
30-oktabr kuni Özbekiston Respublikasining Vaşington ştatidagi Boş konsulxonasida taşkil etilgan tadbir Boş konsulxona, Amerika–Özbekiston biznes va investitsiya kengaşi, IT Park Uzbekistan hamda Jahon raqamli texnologiyalar akademiyasi (WDTA) hamkorligida ötkazildi.
Forum «Seattle AI Week» haftaligi doirasida bölib, unda texnologiya sohasi, universitetlar, investitsiya hamjamiyati va davlat idoralarining qariyb 60 nafar vakili qatnaşdi. Iştirokçilar orasida Microsoft va Meta kompaniyalari mutaxassislari, Garvard, Vaşington va Şimoli-Şarqiy universitetlari vakillari hamda Sietl maʼmuriyati mutasaddilari bor edi.

Muhokamalarda Özbekiston–AQŞ texnologik şerikligini kengaytiriş, malakali kadrlar tayyorlaş, startaplarni qöllab-quvvatlaş, investitsiyalar jalb etiş va sunʼiy intellekt yeçimlarini amaliyotga tatbiq qiliş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatçisi, Amerika–Özbekiston biznes va investitsiya kengaşi Kotibiyati rahbari Nozima Davletova mamlakatimizning raqamli rivojlaniş borasidagi ustuvor yönalişlarini taqdim etdi. U ikki davlat örtasidagi işbilarmonlik va investitsiyaviy aloqalar izçil rivojlanayotganini taʼkidlab, Kengaşning amaliy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş imkoniyatlariga töxtaldi.
Boş konsul Axror Burxanov Özbekistonning AQŞning Tinç okeani şimoli-ğarbiy mintaqasi bilan hamkorligini mustahkamlaş istiqbollariga eʼtibor qaratdi. Texnologik kompaniyalar, universitetlar va tadbirkorlik vakillari örtasida töğridan-töğri aloqalar örnatiş muhimligi qayd etildi.

IT Park Uzbekistan vakili Ruslan Yapparov milliy IT ekotizimining rivojlanişi va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi. Yoşlarni sunʼiy intellekt yönalişida öqitiş, hisoblaş infratuzilmasini rivojlantiriş hamda mahalliy startaplarni xorijiy bozorlarga olib çiqiş ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Forumda, şuningdek, sunʼiy intellektdan şahar boşqaruvida foydalaniş masalalari ham körib çiqildi. Sietl şahrining texnologiyalar böyiça boş direktori Şennon Smit munitsipal xizmatlarni takomillaştiriş, quriliş jarayonlarini soddalaştiriş va yöl harakati xavfsizligini oşirişda sunʼiy intellektdan foydalaniş tajribasini taqdim etdi. Sietl va Toşkent örtasida raqamli şahar boşqaruvi böyiça tajriba almaşiş istiqbollari muhokama qilindi.
Panel muhokamalarida universitetlar huzuridagi innovatsion markazlarni rivojlantiriş, startaplar uçun ustozlik dasturlarini yölga qöyiş va biznes ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlaş masalalari ham körib çiqildi. Qişloq xöjaligi texnologiyalari, suvni tejaş, til xizmatlari va imkoniyati çeklangan şaxslar uçun raqamli xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiruvçi yeçimlar istiqbolli hamkorlik yönalişlari sifatida qayd etildi.
Tadbir yakunida Özbekistonning Vaşington ştatidagi Boş konsulxonasi va Jahon raqamli texnologiyalar akademiyasi (WDTA) texnologiyalar hamda sunʼiy intellekt sohasida hamkorlik töğrisida memorandum imzoladi.

Hujjat tajriba almaşiş, universitetlar, kompaniyalar va davlat muassasalari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş, şuningdek, Özbekiston iştirokida taʼlim taşabbuslari va tajriba loyihalarini amalga oşirişni nazarda tutadi. Unda sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalaniş, kiberxavfsizlik va maʼlumotlarni himoya qiliş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Nozimbek Mardonov, ÖzA