Si Szinpin bir tomonlama sanksiyalarga qarshi
Bir tomonlama sanksiyalar va ikki tomonlama standartlar siyosatini qabul qilib bo‘lmaydi, dedi XXR raisi Si Szinpin Xitoyning Xaynan orolidagi Boao shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo iqtisodiy forumiga yo‘llagan videomurojaatida.
"Dunyoning barcha davlatlari bitta katta kemada umumiy taqdirga ega. Ular shiddatli to‘lqinlarni kesib o‘tib, yorug‘ kelajak sari yo‘lda davom etishni istasalar, ular bir yo‘nalishda harakat qilishlari kerak. Hech kimni dengizga uloqtirmang”, deb Xitoy rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirdi Markaziy televideniye.
Si Szinpin ikki tomonlama standartlar siyosatiga chek qo‘yish va bir tomonlama sanksiyalarni suiiste’mol qilishga chaqirdi. U mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni muloqot va maslahatlashuv, tinch yo‘l bilan hal etishga rioya qilishga hissa qo‘shadigan barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etdi.
Chorshanba kuni norasmiy ravishda “Sharqiy Davos” deb ataladigan Osiyo iqtisodiy forumi ochildi. 22 aprelga qadar davom etadigan bu yilgi forum “Dunyo COVID-19 va undan keyingi sharoitda: global rivojlanish va umumiy kelajak uchun birgalikda ishlash” shiori ostida o‘tkaziladi.
O‘zA