SI agentlari cheklovni tobora ko‘proq chetlab o‘tmoqda
“OpenAI”, “Anthropic” va xavfsizlik tadqiqotchilari mustaqil sun’iy intellekt agentlarining kutilmagan hatti-harakati bilan bog‘liq o‘n minglab hodisani tekshirmoqda, deb yozgan “Axios” yangiliklar portali.
Ayni jarayon xavfsizlik mexanizmini chetlab o‘tish, ixotalangan qutidan qochishga urinish, monitoring tizimidan chiqish va dasturiy ta’minot agentlari orasidagi aloqani muvofiqlashtirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Internet va tashqi vositaga ko‘proq kirish imkoniga ega bo‘lgani bois, sun’iy intellekt harakatini bashorat qilish qiyinlashib boryapti.
Tadqiqotchilar an’anaviy cheklov to‘siqni chetlab o‘tish yo‘lini mustaqil ravishda izlay oladigan muxtor tizim uchun yetarli bo‘lmasligidan ogohlantirmoqda. Xullas, AQSH va Yevropa Ittifoqida SI agentini ishlab chiqish va bunday qurilmadan foydalanish uchun yanada qat’iy qoida zarurligiga oid munozara kuchaymoqda.
S.Rahimov, O‘zA