Shvetsariya terma jamoasi a'zosi Brel Embolo AQSHga uchib keta olmadi
Shvetsariya terma jamoasi seshanba kuni jahon chempionati vaqtida oʻz qarorgohi boʻladigan San-Diyego shahriga joʻnab ketgan.
Shvetsariya milliy terma jamoasi hujumchisi Brel Embolo 2026-yilgi Jahon chempionatiga joʻnab ketish oldidan muammoga duch keldi.
Terma jamoa matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, hujumchi mamlakatga kirish ruxsatnomasi (viza) bilan bogʻliq masalalar sababli jamoadoshlari bilan birga AQSHga uchib keta olmagan.
Qayd etilishicha, futbolchining ESTA (AQSHga vizasiz kirish dasturi) ruxsatnomasi ertalab tasdiqlangan boʻlgan, biroq keyinchalik Amerika rasmiylari hujjatni qoʻshimcha tekshirishni boshlagan. Hozirda Shvetsariya tomoni tegishli xizmatlar bilan aloqa oʻrnatgan holda muzokaralar olib bormoqda va Embolo yaqin sutka ichida jamoaga qoʻshilishiga umid qilmoqda.
Shvetsariya terma jamoasi seshanba kuni jahon chempionati vaqtida oʻz qarorgohi boʻladigan San-Diyego shahriga joʻnab ketgan.