Shubhalar vaziyatni murakkablashtirdi
Pekin va Vashington oʻrtasidagi savdo urushi natijasida Xitoyning AQSHga kirituvchi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari miqdori rekord darajadagi past koʻrsatkichni qayd etdi.
Pekin va Vashington oʻrtasidagi savdo urushi natijasida Xitoyning AQSHga kirituvchi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari miqdori rekord darajadagi past koʻrsatkichni qayd etdi.
“Sout China Morning Post” xabariga koʻra, mazkur investitsiyalar 2018 yilda 83 foizga qisqargan.
Bu borada eng yuqori koʻrsatkich 2016 yilda kuzatilgan boʻlib, Xitoyning AQSHga kiritgan investitsiyalari oʻsha paytda 46 milliard dollarlik boʻlgan.
Trampning Xitoy texnologiyalarida davlatga oid sirlar mavjudligi boʻyicha shubhalaridan soʻng shunday murakkab holat vujudga kelgan.